Munisa Bakirboyeva Shuxrat Qizi

Munisa Bakirboyeva Shuxrat Qizi
Munisa Bakirboyeva Shuxrat Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Munisa Bakirboyeva Shuxrat qizi 2008-yil 17-avgustda tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Parkent tumani, Qo‘shshukur MFYda yashaydi. O‘rta ta’limda bo‘lib, jurnalistika sohasida tahsil oladi; bu yil o‘qishga kirgan.

Munisa ingliz tilidan B2 CEFR sertifikatiga hamda o‘zbek tili va adabiyotidan B+ sertifikatiga ega. U bolaligidan jurnalist bo‘lishni orzu qilgan va bugun bu orzuni shunchaki kasb emas, balki o‘z hayotining maqsadiga aylantirish uchun qadam tashlamoqda. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir voqea ortida bir haqiqat, har bir haqiqat ortida esa inson taqdiri bor. Men esa shu haqiqatni izlab, uni xolis va jasorat bilan xalqga yetkazaman.”

Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, taomlar tayyorlaydi va rasm chizadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jasorat va bilim muhim. Kelajakda yetuk kadr bo‘lib, Vatan uchun xolisona xizmat qilishni maqsad qilgan. Shuningdek, boshqalar undan samimiy bo‘lishni, har qanday vaziyatda o‘z ustida ishlashni va maqsad sari intilishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

Orzularing sari dadil qadam tashla, hech qachon taslim bo‘lma🌟

Bugungi kichik harakating ertangi katta muvaffaqiyatingga sabab bo‘ladi✨

Hoziroq ariza qoldirish