Muratova Shaxzoda Ruslanovna
Muratova Shaxzoda Ruslanovna 2007-yil 29-martda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashaydi.
Shaxzoda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutining Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi. U fundamental tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi.
Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiy shiori: “Hech qachon to‘xtab qolma”. Uning fikricha, lider boshqa talabalar va yoshlarning oldinga harakatlanishiga yordam beradigan, mustaqil fikrga ega hamda har qanday vaziyatdan chiqa biladigan insondir.
Kelajakda yaxshi shifokor bo‘lish va odamlarga qo‘lidan kelgancha yordam berishni maqsad qilgan. U boshqalar har qanday vaziyatda o‘zida kuch topishni, insonlarga mehribon bo‘lishni hamda hurmat qilib, hurmat topishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
“Har doim o‘zingizga ishoning va orzularingizdan voz kechmang.
Har bir qiyinchilik sizni yanada kuchli inson qiladi.”
