Ensiklopediya3 daqiqa
Murodova Ro'za Zafarjon Qizi
Xalqaro munosabatlar talabasi · CEFR B2 sohibasi · Yosh ijodkor · Voleybol sovrindori · Kelajak diplomati
Murodova Ro'za Zafarjon qizi 2008-yil 2-sentabrda Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan. U Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanida yashaydi.
U 2024-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 67-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini a'lo baholarga tugatgan. 2026-yilda Amudaryo tumanidagi 1-son kasb-hunar texnikumining Raqamli axborotlarni qayta ishlash sohasini a'lo baholarga tugatgan. 2026–2027-o'quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetiga grant asosida talabalikka tavsiya qilingan. Hozirda u mazkur fakultetning 1-kurs talabasi bo'lib, grant asosida tahsil oladi. U 2026-yil sentabrdan o'qishni boshlagan va hozircha mehnat faoliyatiga ega emas.
Ro'za 2025-yil may oyida ingliz tilidan CEFR B2 darajasini, 2026-yil fevral oyida esa tarix fanidan milliy B darajadagi sertifikatni qo'lga kiritgan. U 2017-yildan, 3-sinfdan buyon she'r va hikoyalar yozadi. Shu yili uning ilk she'ri «Yoshlar mavjlari» nomli kitobda chop etilgan. U «Zulfiyaxonim izdoshlari» tanlovlarida faol qatnashib, yaxshi natijalarga erishib kelgan. Shuningdek, voleybol musobaqalarida qatnashib, maktablararo 3-o'rinni egallagan.
U hayotida eng ko'p dadajoni va oyijonidan ilhom oladi. Uning aytishicha, ota-onasi qanday muammoga duch kelmasin, hech qachon taslim bo'lmagan va bu fazilatni unga ham o'rgatgan. Ular uni o'qitish uchun cho'ntagidagi oxirgi pulini ham sarflagan, moddiy qiyinchiliklarga qaramay o'qishi uchun sharoit yaratgan va uni hech qachon tengdoshlaridan kam qilmagan.
Uning hayotiy prinsipi: «Bilim olish zulmatdan chiqib ketishning eng to'g'ri yo'li. Bugun qiynalib bilim o'rganish ertaga farovon kelajakni ta'minlaydi». Bo'sh vaqtlarida u tillar va davlatlarni o'rganadi, O'tkir Hoshimov asarlari hamda Turkiya yozuvchisi Fotih Dumanning ko'plab asarlarini o'qiydi. U yaxshi lider uchun oqilona fikrlash, ko'p tillarni bilish, keng dunyoqarash, uzluksiz bilim olish va fikrni omma oldida ochiq-oydin ifodalay olish muhim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, haqiqiy lider muammodan qochmaydi, balki har qanday vaziyatda unga yechim topib, to'g'ri va oqilona qaror qabul qiladi.
Ro'za yaqin va uzoq yillar uchun qator maqsadlarni belgilagan: 2926-yil may oyida IELTSdan 9 darajasini qo'lga kiritish, iyun oyida rus tilidan xalqaro sertifikat olish, 2026-yil yoz oyida Turkiyada 3 oylik grant asosidagi o'qishga kirish, Turkiyaning zamonaviy shaharlariga sayohat qilib, urf-odatlari, qadriyatlari va bayramlarini real hayotda ko'rish hamda Turkiyada o'z maqolalarini chop ettirish. U dadajoni va oyijonini ham Turkiyaga olib borishni eng katta orzusi deb biladi.
U 2027–2028-o'quv yilida diplomatiya yo'nalishining 2-kurs 2-semestrida Prezident stipendiyasini qo'lga kiritishni, tanlov fanida xitoy tilini tanlashni va xalqaro sertifikat olishni maqsad qilgan. 2027-yil yoz oyida Xitoy, Koreya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida bo'lib, ularni chuqur o'rganish, mashhur joylariga tashrif buyurish va o'z karyerasini boshlashni rejalashtirgan. Shuningdek, 2027-yilda dadajoniga o'z nomidan BYD rusumdagi eng zamonaviy mashinani olib berishni, 2028-yilga qadar kamida 4 ta tilda erkin muloqot qila olish darajasiga yetishni, diplomatiya yo'nalishining 3-kursida almashinuv dasturi orqali Xitoyda tahsil olib kelishni hamda Tashqi ishlar vazirligida amaliyot o'tashni niyat qilgan. Uning asosiy maqsadlaridan biri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini qizil diplom bilan tamomlab, Tashqi ishlar vazirligida O'zbekiston Respublikasi nomidan bosh elchi bo'lishdir.
U boshqalar undan o'z fikrini omma oldida uyalmasdan va to'liq ayta olishni, hech qachon taslim bo'lmasdan mustaqil ta'lim orqali tillarni o'rganishni hamda har qanday vaziyatda muammolarga yechim topishni o'rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. U insonlarga yordam berishni yaxshi ko'radi va buni elchi hamda diplomatlarning asosiy fazilati deb biladi.
Muallif
Murodova Ro'za Zafarjon Qizi
Xalqaro munosabatlar talabasi · CEFR B2 sohibasi · Yosh ijodkor · Voleybol sovrindori · Kelajak diplomati
