Murtazayev Shaxobiddin Fazliddinovich
Murtazayev Shaxobiddin Fazliddin o‘g‘li 2005-yil 10-noyabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Duxchi qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
U hozirda Samarqand Davlat Universiteti Yuridik fakultetining 3-kurs talabasi. 2021-yildan qiziqishi sababli qo‘shimcha darslarga qatnasha boshlagan. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha kurash musobaqasida 1-o‘rinni egallagan. Uning otasi uni yoshligidan shu yo‘nalishga qiziqtirib kelgan.
Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiy shiori: “Har kuni kechagidan bir qadam oldinda bo‘l.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. Haqiqiy lider o‘z qaroridan qo‘rqmaydi, xato qilsa aybni boshqalarga yuklamaydi va qiyin vaziyatda ham vazmin qoladi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadi huquq sohasida chuqur bilim va amaliy tajriba orttirib, malakali hamda halol huquqshunos bo‘lishdir. U qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shib, insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan kuchli mutaxassis bo‘lishni istaydi. Buning uchun u hozirdanoq bilim olish, o‘z ustida ishlash va tajriba orttirishni asosiy vazifa deb biladi. U berilgan va’dasiga amal qilishga, xatolaridan xulosa chiqarishga va doimo o‘z ustida ishlashga intiladi.
Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “Nima maqsadi bo‘lsa, shu maqsadga erishmaguncha to‘xtamaslik.”
