Musirmonova Nigina Akramovna
Musirmonova Nigina Akramovna 2008-yil 11-iyunda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashaydi. U 77-maktabni qiz shahodatnomasi bilan bitirgan va hozirda O‘JOKUning 1-kursida tahsil olmoqda.
U o‘qituvchilik qilgan, faoliyatini esa 2025-yilda yordamchi o‘qituvchi sifatida boshlagan. U ona tili fanidan B+ darajasiga ega. Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir.
Uning hayotiy prinsipi: «Agar maqsadlaring katta bo‘lsa, kichik qadamlarning ham qadri ortadi. Bugun kechagiga qaraganda yanada yaxshiroq, muvaffaqiyatlisan». U bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, boshqa davlatlar hamda O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider adolatli, ishonchli va yetakchi bo‘lishi, insonlarni jipslashtira olishi kerak.
Uning kelajakdagi maqsadlari ko‘p bo‘lib, ulardan biri xalq uchun foyda keltiradigan jurnalist bo‘lib yetishishdir. U rejalari va maqsadlari haqida gapirishni unchalik yoqtirmaydi. Uning fikricha, boshqalar undan bilim o‘rganishlari mumkin. U biroz vaqt stol tennisi bilan shug‘ullangan va o‘rinlar olgan, shuningdek, yangi tillarni o‘rganishga qiziqadi.
