Musojonova Zeboxon Zokirjon Qizi

Musojonova Zeboxon Zokirjon Qizi
Musojonova Zeboxon Zokirjon Qizi
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Musojonova Zeboxon Zokirjon qizi 2009-yil 10-iyunda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medal bilan tamomlagan. Hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida 1-kurs talabasi. U 2026-yilda ushbu o‘qishga qabul qilingan.

U ingliz tili fanidan B2, ona tili va adabiyot fanidan A darajaga ega. Saida Shavkatovnaning har bir harakati va ishlaridan motivatsiya oladi. Uning hayotiy shiori: «Kutmang, harakat qiling — muvaffaqiyat harakatdan boshlanadi».

Zeboxon bo‘sh vaqtini o‘qish, o‘z ustida ishlash va yangi bilimlarni egallashga bag‘ishlaydi. Ayniqsa, chet tilidagi kitoblarni o‘qishni yoqtiradi, sport bilan shug‘ullanish esa unga ilhom beradi. U volontyorlikka ham juda qiziqadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider xato qilganda bahona qidirmasligi, o‘z jamoasi uchun javobgarlikni his qilishi va qiyinchilikdan qochmasligi kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek, tinglay bilish ham muhim, chunki yaxshi lider avvalo eshitadi, keyin qaror qabul qiladi.

U doimiy o‘rganishga tayyor bo‘lishni muhim deb biladi: har bir suhbat va savoldan yangi narsa o‘rganadi, bu esa unga zavq bag‘ishlaydi. Kelajakda, Xudo xohlasa, bakalavrdan keyin magistraturada Stanford universitetida o‘qishni hamda Ta’lim vazirligida ishlashni rejalashtiradi.

«O‘z ustingizda ishlashni to‘xtatmang. Dunyo tez o‘zgarmoqda — bugun bilgan narsangiz ertaga yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qish, o‘rganish, izlanishni hech qachon to‘xtatmang — bu diplom olgandan keyin ham davom etadigan jarayon.»

Hoziroq ariza qoldirish