Mustafayeva Mexrangiz Maxmudovna

Mustafayeva Mexrangiz Maxmudovna
Mustafayeva Mexrangiz Maxmudovna
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Mustafayeva Mexrangiz Maxmudovna 2007-yil 30-iyulda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashaydi. U maktabni tamomlagan hamda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga qiziqadi. Faoliyatini keyingi yildan boshlashni rejalashtirmoqda.

U ona tili va adabiyot fanidan B+ hamda turk tili fanidan B2 natijalariga ega. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun ochiqko‘ngillilik va bilim muhim. Shuningdek, boshqalar undan tinglashni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Uning hayotiy prinsipi: «Har doim oldinga intil.» Kelajakda doktoranturada tahsil olishni, katta-katta auditoriyalarda nutq so‘zlashni, o‘quvchilari juda ko‘p bo‘lishini hamda ular uni chin dildan yaxshi ko‘rib, hurmat qilishini orzu qiladi. U ularga o‘z bilimini berishdan hech qachon charchamaslikni maqsad qilgan. Hozircha hayotiga ta’sir qilgan alohida shaxs yoki voqea yo‘qligini bildirgan.

Hoziroq ariza qoldirish