Mustafoqulova Marjona To'ra Qizi
Mustafoqulova Marjona To‘ra qizi 25.09.2008-yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil oladi.
U faoliyatini networking orqali boshlagan va bu yo‘nalishda 1 yildan beri faoliyat yuritadi. Uning ota-onasi o‘qishga kirishi va networking faoliyatini boshlashida unga yordam bergan insonlardir.
Marjona kitobxon, networking va zakovat g‘olibi, ijtimoiy faol. U bo‘sh vaqtida ko‘proq kitob mutolaa qiladi, ingliz va rus tillarini o‘rganadi. Uning hayotiy prinsipi: “O‘zingni boshqalar bilan emas, hozirgi o‘zing bilan solishtirgin.”
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun har doim mas’uliyatli bo‘lish va oldinga harakatlanish muhim. Boshqalar undan bilim olishni, mas’uliyatli bo‘lishni hamda sinovlar kelganda faqat oldinga intilishni o‘rganishlari mumkin.
Uning kelajakdagi maqsadlari — kuchli diplomat va elchi bo‘lish hamda karyera yaratish.
