Muxlisa Shokirova Umidjonovna
Muxlisa Shokirova Umidjonovna 18.07.2008-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zbekiston Milliy Pedagogika Universitetining bakalavr bosqichi 2-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olmoqda.
U faoliyatini universitetga kirishi bilanoq ilmiy rahbari Feruza Burxanova Abdurazzoqovnadan o‘rganish davrida boshlagan. Muxlisa «Millat g‘ururi» ordeni hamda filologiya sohasi bo‘yicha bir qancha sertifikatlarga ega.
Uning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan kishilardan biri onasi Mavjuda Tojiddinova bo‘lib, u ham pedagog. Aynan onasi unga bolaligidan ushbu sohaning butun go‘zalliklarini ko‘rsatib bergan. Muxlisaning hayotiy shiori: «Yurgan daryo — o‘tirgan bo‘yra».
U bo‘sh vaqtida rasm chizadi va do‘stlari bilan sayr qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat chiroyli va aniq nutq egasi bo‘lishdir, chunki ommaga ta’sir o‘tkazishning eng samarali usuli muloqotdir. U kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.
Muxlisaning fikricha, undan muloqot qilish sirlari, ommaga qanday ta’sir o‘tkazish hamda o‘rganilgan bilimlarni qanday qilib oson tushuntirishni o‘rganish mumkin. U juda qiziquvchan va sayohatni sevuvchi insondir.
Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: «Aziz uka-singillarim, nimaniki bajarishni niyat qilgan bo‘lsangiz, hozir qiling, chunki mablag‘ingiz bo‘lgan vaqtda hozirgidek yosh bo‘la olmaysiz.»
