Muxtorov Islombek Baxtiyor O'g'li
Islombek Muxtorov Baxtiyor o‘g‘li 2007-yil 27-iyulda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi.
U umumiy o‘rta ta’limni 23-maktabda boshlagan, keyinchalik Prezident maktabi qoshidagi ixtisoslashgan maktabda davom ettirgan. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingani uning o‘qishiga turtki bo‘lgan. Hozirda u Sarbon universitetining yurisprudensiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi bo‘lib, faoliyatini universitetda boshlagan.
Islombek Muassis stipendiyasida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u LexAssist.uz platformasini yaratish maqsadida loyiha taqdim etgan. Bo‘sh vaqtida o‘z sohasi bo‘yicha o‘zini rivojlantirish uchun kitoblar o‘qiydi va amaliyot qiladi. U yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga, o‘z ustida ishlashga hamda yangi loyihalarda faol qatnashishga qiziqadi. Jamoada ishlashni, boshqalarga yordam berishni va tashabbus ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi.
Uning hayotiy prinsipi: “Hali harakat qilishim kerak, ota-onam qariyapti.” Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki lider nafaqat o‘zi, balki jamoasi uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, to‘g‘ri qaror qabul qilishi va boshqalarga o‘rnak bo‘la olishi kerak. U odamlar undan mas’uliyatli bo‘lishni, jamoani birlashtirishni, to‘g‘ri qaror qabul qilishni va har qanday vaziyatda o‘ziga ishonchni saqlashni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda u bakalavr ta’limini tugatib, magistraturada o‘qishni, prokuraturaga ishga qabul qilinishni hamda ota-onasini hajga jo‘natib, ularga o‘zlari orzu qilgan hayotni berishni rejalashtiradi.
