Muxtorov Ravshan Davron O'g'li

Muxtorov Ravshan Davron O'g'li
Muxtorov Ravshan Davron O'g'li
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Muxtorov Ravshan Davron o‘g‘li 31.10.2008-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Markaz-5 dahasida yashaydi.

U 2-IDUM va 1-son texnikumda tahsil olgan. Hozirda O‘zJOKU bakalavriatining xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olmoqda. U shu yili o‘qishga qabul qilingan. O‘qishga qabul qilinishidan avval ko‘plab MUN konferensiyalari, yirik xalqaro forumlar va sammitlarda qatnashgan. Hozirda Yoshlar front ofisi a’zosi.

Ravshan 10 dan ortiq MUN konferensiyalarida qatnashib, sertifikatlar olgan. U bir qancha siyosiy uchrashuvlarning qatnashchisi va tashkilotchisi bo‘lgan, volontyorlik bo‘yicha ko‘plab sertifikatlarga ega. Bundan tashqari, gandbol sport turi bo‘yicha respublika chempioni.

Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatib, oldinga qadam tashlashda davom etishi va bugungi darajaga yetishishida onasi sababchi bo‘lgan. Uning hayotiy shiori: «Imkonsiz narsalar — faqat hali urinib ko‘rilmagan narsalardir».

Bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganadi va aqlni charxlaydigan qiziqarli faoliyat sifatida sudoku bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lishdagi eng muhim fazilatlardan biri mas’uliyatlilik, tanqidiy fikrlash, jamoa a’zolarining fikrini inobatga olish va boshqara olish qobiliyatidir.

U bakalavriatni muvaffaqiyatli tugatish, magistraturada tahsilni davom ettirish, BMT, UNESCO va EUROPE Parliament kabi xalqaro tashkilotlarda doimiy faoliyat olib borishni maqsad qilgan. Shuningdek, ota-onasiga munosib farzand bo‘lib, ularning duosini olishni istaydi. U siyosat haqida ko‘proq ma’lumot, konferensiya va forumlarda qatnashish yo‘llari, shaxsiy rivojlanish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bera oladi. Bundan tashqari, turli sohalardagi savollarga yechimlar taklif qila oladi. Ravon gapirish va siyosiy davralarda qo‘rquvni yengish qobiliyatiga ega.

Hoziroq ariza qoldirish