Muxtorova Jasmina Jobir Qizi
Muxtorova Jasmina Jobir qizi 2008-yil 20-iyulda tug‘ilgan va Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zMUning iqtisodiyot fakulteti va menejment fakultetida tahsil oladi hamda iqtisodiyot sohasini tanlagan. U ingliz tili bo‘yicha B2, matematika bo‘yicha B va ona tili bo‘yicha B darajadagi sertifikatlarga ega. Uning hayotiga, avvalo, onasi, so‘ngra matematika o‘qituvchisi ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy prinsipi: «Har kun yangi kun boshlanadi. Hech narsa abadiy emas». Bo‘sh vaqtida asosan kitob o‘qishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider boshqalarni o‘ziga ishontira olishi, u bilan bo‘lishni istagan odamlarning ishonchiga sazovor bo‘lishi, mas’uliyatli va e’tiborli bo‘lishi kerak. U kelajakda turli grantlar orqali chet ellarga sayohat qilishni rejalashtiradi. U psixologiya, odamlarni turli vaziyatlardan chiqara olish, turli ko‘nikmalar, shuningdek, ingliz tili va matematikadan kerakli bilimlarni boshqalarga ulashishi mumkin deb hisoblaydi. Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: «Harakat qilish muvaffaqiyatsizlik olib kelishi mumkin, lekin haqiqiy muvaffaqiyatsizlik hech narsa qilmaslikdir.»
