Muzaffarova E'zoza Nurali qizi
Muzaffarova E'zoza Nurali qizi 2005-yil 18-iyulda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U 2021–2022-yillarda Jizzax shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan Jurnalistlar xususiy maktabida tahsil olgan. Hozirda Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetining Sotsiologiya yo‘nalishi 2-kursida o‘qiydi.
U faoliyatini 2022-yilda «Forish tongi» gazetasida 2 ta she’ri chop etilishi bilan boshlagan. Shu yili Jurnalistika maktabida 1 yil tahsil olgan. U mazkur sohaga 2 yil topshirib, o‘qishga kira olmagach, unga yaqin sohani tanlagan va 2025-yilda talaba bo‘lganini aytadi.
E'zozaning 2 ta she’ri bosilgan. U «Zakovat» o‘yinida guruh a’zolari bilan birgalikda 1-o‘rinni egallagan hamda fakultet tomonidan tashkil etilgan «Yosh sotsiologlar» a’zosi hisoblanadi. U bu yil kontraktdan grantga o‘tgan. Shuningdek, «Jurnalistlar» maktabini yaxshi tamomlagani to‘g‘risidagi sertifikatga ega. Bo‘sh vaqtida ingliz tili to‘garagiga qatnaydi, «Mutolaa» platformasida kitob o‘qiydi va ushbu platformadan ko‘plab sertifikatlarga ega.
Uning onasi hayotidagi eng katta omadidir. Onasi uning lider bo‘lishi va o‘zi uchun harakat qilishi uchun katta sababchi bo‘lgan, E'zoza esa har bir yutug‘ini onasiniki deb biladi. Uning fikricha, lider uchun o‘ziga ishonch, qattiq harakat, insonlar bilan yaxshi muloqot qilish, mansab va obro‘ga qarab muomala qilmaslik hamda kamtarlik muhimdir. U har qanday holatda ham o‘zi uchun yordamlarsiz harakat qilishni muhim deb biladi.
Uning hayotiy shiori: «O‘zing uchun o‘l, yetim». Kelajakda Zulfiya mukofati sovrindori bo‘lish, chet elga grant yutish, dunyo bo‘ylab sayohat qilish va kitob chiqarishni maqsad qilgan.
«Hech qachon kech emas, hamma narsa vaqtida go‘zal.»
