NABIYEVA ZARINA XURSHIDBEK QIZI
Nabiyeva Zarina Xurshidbek qizi 07.02.2010-yilda tug‘ilgan. U Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashaydi va maktabda tahsil oladi. Zarina ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib, tarix fanini o‘rganmoqda. U bu faoliyat bilan 3 yildan beri shug‘ullanadi hamda ingliz tili o‘quv kurslarida dars beradi.
U tanlovlarda faol qatnashgan va sertifikatlarga ega. Ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatini, shuningdek, uy hamshiraligi bo‘yicha qizil diplomni olgan. Hamshiralik bo‘yicha ancha ko‘p narsalarni bilishini aytadi. 16 yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p narsalarga erishganini ta’kidlaydi.
Uning hayotida yoqtirgan va sevgan insoni katta iz qoldirgan. Shu inson sababli u o‘zi uchun harakat qilishni boshlagan. Zarina bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi, video va kontentlar yaratadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun qat’iyatlilik, hayot va maqsadlarga bo‘lgan ishonch hamda harakat muhimdir.
Kelajakda u mashina sotib olishni, uyli bo‘lishni, sayohat qilishni, yolg‘iz o‘zi sayohat qilishni va yashash uchun Amerikaga ko‘chib ketishni istaydi. U boshqalarga ingliz tili bilimlari va qat’iyatlilikni o‘rgatishi mumkinligini aytadi.
Uning hayotiy shiori: «Odamlarning gaplari emas, mening harakatlarim taqdirimni belgilaydi. Kim nima desa desin, men maqsadim sari ishonch bilan yuraman. Chunki muvaffaqiyat boshqalarning fikri bilan emas, o‘z mehnatim va qat’iyatim bilan quriladi».
Zarinaning boshqa yoshlarga maslahati: «Hech narsaga qaramay, orzularingiz ortidan yuguring. Sevgi qorin to‘ydirmaydi. Siz kimningdir qo‘lida emas, kimlardir sizning qo‘lingizda ishlashi uchun harakat qiling».
