Namozov Azizbek O'rolboy O'g'li
Namozov Azizbek O‘rolboy o‘g‘li 15.01.2008 kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tug‘ilgan. U Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Andijon MFYda yashaydi.
U Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 47-maktabda tahsil olgan va shu bilan birga GRAND SCHOOL o‘quv markazi kurslariga qatnagan. Hozirda u JIDUdagi XIM fakultetining 1-kurs talabasi.
Azizbekning aytishicha, hozircha muhim yutuqlari yo‘q, biroq u bu borada harakat qilmoqda. Uning ustozlari hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘lni topishiga katta yordam bergan. U ustozlari ko‘rsatgan yo‘ldan ota-onasining tayanchi bilan yurgan.
Uning hayotiy shiori: «Talent without work is nothing». Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynaydi, tennis bilan shug‘ullanadi va kitob o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — odob va o‘z-o‘zini hurmat qilishdir. U suhbatlashishni yoqtiradi.
Azizbek SAT va IELTS natijalarini yuqori qilib, magistr darajasida chet elda o‘qishni rejalashtiradi. Unga ko‘ra, boshqalar hozircha undan hech narsa o‘rganishlari mumkin emas.
«Iste’dod mehnatsiz hech qachon haqiqiy natija bermaydi.
Harakat va sabr insonni o‘z maqsadiga yetaklaydi.»
