Nargiza Bekmurodova

Nargiza Bekmurodova
Nargiza Bekmurodova
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Bekmurodova Nargiza Nodir qizi 2008-yil 28-martda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashaydi. Nargiza O‘zbekiston jurnalistika axborot texnologiyalari universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, ingliz tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.

U 9-sinfdan beri ingliz tili va ona tili fanlariga qiziqib, ushbu fanlar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgan hamda tuman va viloyat olimpiadalarida qatnashib kelgan. U tuman bo‘yicha kitobxonlik va zakovat turnirlarida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, ingliz tilidan xalqaro va milliy, tarix va ona tilidan esa “C” va “A” darajali sertifikatlarga ega.

Nargizaning hayotiy prinsipi: “Har kungi kichik qadamlar katta natijalarga olib keladi.” Bo‘sh vaqtida u kitob o‘qiydi, futbol va kinolar tomosha qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U boshqalar undan qat’iyatli va intizomli bo‘lishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi maqsadi — PhD yoqlash, dunyoning top universitetlaridan biriga kirish va ota-onasining u uchun qilgan barcha narsalarini qaytarish. Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “O‘zingga ishon va katta orzu qilishdan qo‘rqma. Kelajaging bugun qiladigan tanlovlaring orqali yaratiladi.”

Hoziroq ariza qoldirish