Narzullayev Ravshan Shavkat O'g'li
Ravshan Narzullayev Shavkat o‘g‘li 2008-yil 21-sentyabrda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug‘ilgan. Hozirda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Mulkush QFYda yashaydi. U tugallanmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lib, Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil oladi hamda yuridik sohada o‘qiydi.
U 2023-yildan boshlab ingliz tiliga qiziqa boshlagan, 2025-yil sentyabr oyidan huquq fanini o‘rganish bilan shug‘ullana boshlagan. Ravshan 2021-yilda «Yosh kitobxon» loyihasining viloyat bosqichida ishtirok etgan. 2024–2026-yillarda «Zakovat» intellektual o‘yinining viloyat bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan. 2024-yil noyabrda FLEX dasturi semi-finalisti bo‘lgan, 2025-yil yanvarda IELTSdan 7 ball olgan va 3 ta fandan milliy sertifikatga ega bo‘lgan. 2026-yil iyunda AQSHdagi 7 ta universitetdan, jumladan, ulardan ikkitasi Top 100 universitetlardan umumiy 205 000 dollar grant olgan.
Uning onasi doimo o‘z ustida ishlashga turtki berib turuvchi eng yaqin inson bo‘lgan. Ravshan barcha yutuqlariga erishishdagi onasining ko‘magi tufayli shu darajaga yetganini ta’kidlaydi. Uning hayotiy shiori: «Maqsad qo‘y, harakat qil, duo qil va maqsadingga erish».
Bo‘sh vaqtida u YouTube’da bilim va ko‘nikmalar beruvchi videopodkastlarni ko‘radi, ilmiy filmlarni tomosha qiladi va kitob o‘qiydi. U texnologiya va gaming sohasiga juda qiziqadi, bu sohani yaxshi tushunishini aytadi hamda turli xil o‘yinlarni o‘ynashni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoa bilan yaxshi chiqishish va ishlay olish eng muhim fazilatdir.
Ravshan magistraturani chet elda o‘qib, xorijdagi amaliyotlarni yurtimizga olib kirish va qo‘llashni rejalashtiradi. Shuningdek, kelajakda o‘zi kabi yoshlarni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. U o‘zini har bir sohada yetarlicha bilimga ega deb hisoblaydi, biroq boshqalar undan asosan huquq sohasi bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olishlari mumkinligini aytadi.
«Hech qachon bilim olishdan, nimadir o‘rganishdan va, eng muhimi, harakatdan to‘xtamaslik lozim. Shu bilan birga, o‘rgangan narsalarni hayotda qo‘llash va boshqalarga ham ulashish lozim.»
