Nasiba Samixova Samad qizi
Nasiba Samixova Samad qizi 2006-yil 13-mayda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Osiyo Xalqaro Universitetining bakalavr bosqichi 3-kursida filologiya, tillarni o‘qitish: ona tili va adabiyot yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini 2024-yilda boshlagan.
Nasiba xalqaro tanlovda “Yuksak e’tirof” ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U ishlaydi, izlanadi, ko‘proq kitob o‘qiydi va hozirda dizaynerlik bilan ham shug‘ullanadi. Ota-onasining hayotdagi qiyinchiliklari unga motivatsiya beradi.
U O‘tkir Hoshimovning barcha kitoblarini sevib o‘qigan, kitobga qiziqishi esa ushbu muallifning asarlarini o‘qishdan boshlangan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — oldinga maqsad qo‘yishdir. U kelajakda kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, yurtiga foydasi tegadigan inson bo‘lishni, chet elga sayohat qilishni, xalqaro tanlovlarda qatnashishni va birinchi o‘rinni egallashni maqsad qilgan. Boshqalar undan hayot qiyinchiliklarida taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin. Uning fikricha, orzular niyatlarga bog‘liq.
