Nasrullayeva Marjona Raximovna
Nasrullayeva Marjona Raximovna 2008-yil 28-iyulda Qorako‘l tumani Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashaydi. U bakalavr bosqichida Buxoro davlat universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili yo‘nalishida tahsil oladi. 2026-yil sentabr oyida BuxDUga 1-kurs talabasi sifatida qabul qilingan.
U 2015-yil sentabr oyida 1-sinfga qabul qilingan. Yoshligidan buvisidan o‘qish va yozishni o‘rganganligi sababli a’lo baholarda o‘qishni davom ettirgan hamda 9-sinfni a’lo darajali attestat bilan tugatgan. Maktab davrida juda ko‘plab tadbirlar, fan olimpiadalari va kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida qatnashgan.
Marjona faoliyatini 2023-yilda fan olimpiadalaridan boshlagan. U fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallagan, respublika bosqichida ishtirok etgan. Shuningdek, ona tilidan B+ darajadagi va fransuz tilidan B1 darajadagi sertifikatlarga ega. Yil boshidan buyon 60 dan ortiq kitobni o‘qib tugatgan.
Bo‘sh vaqtida til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U liderlik uchun qat’iyat va intizomni eng muhim fazilatlar deb biladi hamda boshqalar undan ochiq muloqot qilish va o‘ziga ishonishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish, ko‘plab chet ellarga sayohat qilish va mashhur poliglotlar qatoridan o‘rin olishni maqsad qilgan.
«O‘zimga ishongan kunim — hayotimdagi eng katta burilish.»
