Nazarqosimova Ruxshona Mirabdullayevna

Nazarqosimova Ruxshona Mirabdullayevna
Nazarqosimova Ruxshona Mirabdullayevna
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Nazarqosimova Ruxshona Mirabdullayevna 21.04.2008-yilda Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. U 3 ta sertifikatga ega hamda B2 darajasi sohibasi. Hasanova Navbahor ustoz unga doimo izlanish, o‘z ustida ishlash, rivojlanish va jamiyatga foydasi tegadigan insonlardan biri bo‘lishga ilhom bergan. Ruxshona bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, o‘zini kitobxon va mas’uliyatli inson deb biladi. Uning hayotiy prinsipi: «Orzular katta bo‘lsa, imkoniyatlar ham topiladi va harakat qilishdan to‘xtamaslik kerak». U kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan ilmli, tajribali ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan ta’lim, tarbiya va chet tillarini o‘rganishlari mumkin. Uning yoshlar uchun maslahati: “O‘zgarishni kutma — o‘zingdan boshlagin.”

Hoziroq ariza qoldirish