Ne'matova Sevinchbonu Mirvali Qizi
Ne'matova Sevinchbonu Mirvali qizi 2008-yil 1-may kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Boğishamol ko‘chasida yashaydi.
Sevinchbonu Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi. U faoliyatini maktab davridan o‘qishga kirish uchun harakat qilishdan boshlagan. Maktab davrida kimyo va biologiya fanlariga bo‘lgan qiziqishi natijasida shifokorlikka qiziqishi ortgan. Tibbiyot sohasini tanlashida onasining motivatsiyasi va ko‘magi muhim o‘rin tutgan.
U xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirgan. INTERNATIONAL Conference on Teaching, Education and New Learning Technologies (2026/1) konferensiyasida essesi chop etilgan. Shuningdek, JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH xalqaro jurnalida maqolasi chop etilgan. U universitetining Fundamental fanlar olimpiadasida ham faol ishtirok etgan.
Bo‘sh vaqtida mutolaa qilish va yangi bilimlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U tibbiyotda liderlik, avvalo, mas’uliyatdan boshlanishini ta’kidlaydi. Inson hayoti bilan bog‘liq sohada bilimning o‘zi yetarli emasligi, to‘g‘ri qaror qabul qilish, jamoani birlashtirish, boshqalarga ishonch berish va har bir harakat oqibatini anglash ham muhimligini qayd etadi.
Sevinchbonu kelajakda tibbiyotning onkologiya yo‘nalishida ishlab, malakasini oshirish hamda respublikaning bilimli shifokorlari safidan o‘rin olishni maqsad qilgan. U nemis va ingliz tillarini o‘rganish, shuningdek, ko‘plab chet davlatlarda malaka oshirishni rejalashtirgan. U o‘zini maqsadga intiluvchan, bilim olishga chanqoq va o‘z ustida doimiy ishlashga harakat qiladigan inson deb biladi. Tibbiyot sohasidagi bilimlarini rivojlantirish bilan birga, kelajakda o‘z bilimi va mehnati orqali jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Bir kun qo‘limga diplom emas, insonlar ishonchi topshirilishini bilaman. Shu sababli bugun o‘rganayotgan har bir bilimimga oddiy dars sifatida emas, kelajakdagi mas’uliyatimning bir qismi sifatida qarayman.”
