Nigoraxon Tursunboyeva
Nigoraxon Tursunboyeva, to‘liq ismi bilan Tursunboyeva Nigoraxon Abdumannob qizi, 2009-yil 23-fevralda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U Namangan viloyati, Davlatobod tumanida yashaydi.
U Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi hamda Namangan davlat universitetining 1-bosqich talabasi. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. U yoshligidanoq ham ilmga, ham ijodga qiziqib kelgan.
Nigoraxon muddatidan oldin maksimal ball bilan talaba bo‘lgan. U “Eng yosh ijodkor-2025” nominatsiyasi g‘olibi, “Eng ulug‘ — eng aziz” tanlovi g‘olibi hamda an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisidir. U 2 ta she’riy kitob muallifi. Ingliz, rus va nemis tillarida erkin suhbatlasha oladi.
Uning hayotiga ota-onasi va ustozlari ta’sir ko‘rsatgan. Uning shiori: “Yutishni o‘rganasiz, yutqazaverib!” Bo‘sh vaqtida yangi til o‘rganish va kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — xato qilishdan qo‘rqmaslik. U faol volontyor bo‘lib, ham ilm, ham ijod bilan teng shug‘ullanadi.
Nigoraxonning kelajakdagi maqsadlari — Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritish, nomdor stipendiyalar sohibasi bo‘lish hamda O‘zbekiston ayol-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, yuksaltirish. U boshqalarga harakatdan to‘xtamaslikni o‘rgata oladi.
“Hamma yurgan yo‘ldan yurish xavfsiz, lekin u sizni har doim ham o‘zingiz istagan manzilga olib bormaydi. Eng muhimi — hayotda o‘z o‘rningizni topish emas, balki o‘zingizga munosib o‘rinni yarata olishdir.”
