Norboyeva Dilnoza Azamat qizi

Norboyeva Dilnoza Azamat qizi
Norboyeva Dilnoza Azamat qizi
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Norboyeva Dilnoza Azamat qizi 2007-yil 2-may kuni Ishtixon tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashaydi. Dilnoza Ishtixon tumanidagi 35-maktabda tahsil olgan, hozirda esa SamDu’da fizika yo‘nalishida o‘qiydi. U 9-sinfdan boshlab ushbu sohaga qiziqa boshlagan.

Uning hayotiga onasi va ustozlari ta’sir ko‘rsatgan. Dilnozaning hayotiy shiori: “Bugungi mehnat — ertangi g‘alabaning poydevori”. Bo‘sh vaqtida qiziqarli ma’lumotlarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun samimiylik, hurmatli bo‘lish va tarbiya muhim fazilatlardir. U kelajakda yaxshi kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan. Shuningdek, u boshqalarga o‘zida mavjud barcha fazilatlarni bera olishini ta’kidlaydi hamda jurnalist bo‘lishga qiziqadi.

“Har bir kun — yangi imkoniyat. O‘zingizga ishoning va imkoniyatlardan foydalaning.”

Hoziroq ariza qoldirish