Norimova Dilnoza O’tkirovna
Norimova Dilnoza O‘tkirovna 2008-yil 25-dekabrda Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Go‘lba MFY, Zarobod qishlog‘ida tug‘ilgan. U ayni paytda Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Go‘lba MFY, Zarobod qishlog‘ida yashaydi.
U Toyloq tumanidagi 44-maktabni qizil shahodatnoma bilan bitirgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs grant talabasi.
U ilmiy faoliyatini 4 yil avval ilmiy izlanishlar olib borish va sertifikatlar olish bilan, ijodiy faoliyatini esa 1 yil avval boshlagan. Ijodiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida tarjimonlik, avia styuardessalik, IELTS instruktori va filologiyani qayd etgan.
Uning ilmiy sertifikatlari orasida ingliz tilidan CEFR va IELTS bo‘yicha B2 daraja, ona tilidan A daraja, tarixdan B daraja hamda matematikadan C daraja ko‘rsatkichlari bor.
Dilnoza Norimovaning hayotida ustozı, dotsent va PhD sohibi G‘iyosiddin Do‘stmurodov katta turtki bo‘lgan. U ustozidan ilmga nisbatan hurmatni, to‘xtovsiz izlanish zarurligini hamda ilmdan hech qachon chetda qolmaslikni o‘rgangan va ustoziga tashakkur bildiradi.
Uning hayotiy shiori: “Meni yo‘qotishdan qo‘rqmayman, o‘zimni yo‘qotishdan qo‘rqaman.” Bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qiladi va yaqinlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qiladi, chunki har bir daqiqa g‘animat ekanini biladi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. U haqiqiy lider xato qilsa boshqani ayblamasligi, qaroridan qo‘rqmasligi, boshqalarni tinglashi, va’dasida turishi va qiyin paytda ham o‘zini yo‘qotmasligi kerak, deb hisoblaydi. “Liderlik — boshqalardan ustun turish emas, avvalo o‘zingni boshqara olish.” ✨
Kelajakda u tajribali PhD sohibasi va dotsent bo‘lishni, shuningdek, o‘zining sevimli universitetida sevimli ustoz bo‘lishni istaydi. Uning fikricha, boshqalar undan o‘ziga ishonishni, mas’uliyatni va qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilishni o‘rganishlari mumkin.
