Normamatova Maxsuda Boymurod qizi
Normamatova Maxsuda Boymurod qizi 26.11.2008-yilda Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida tug‘ilgan. Hozirda Nishon tumanida yashaydi.
U 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabini oltin medal bilan bitirgan. Hozirda Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili fakultetida 1-kurs talabasi. U filologiya sohasida, ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi hamda 3 yildan beri til o‘rganib keladi.
Maxsuda maktabni oltin medal bilan tugatgan. U B2 (overall 57) darajasiga ega, milliy sertifikat va xalqaro sertifikatlarga ega. Shuningdek, volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Uning hayotiga ota-onasining bergan tarbiyasi ta’sir qilgan. Hayotiy prinsipi — qat’iyat bilan har bir rejani bajarish. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va bir qancha badiiy kitoblarni o‘qib tugatgan.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hamma bilan samimiy muloqotda bo‘lish, yaxshi inson bo‘lish hamda bilim va ko‘nikmalarni boshqalar bilan bo‘lisha olish muhim. Boshqalar undan intizom, bilim, volontyorlik va insoniy fazilatlarni o‘rganishlari mumkin. U yosh bolalar bilan kelisha oladi.
Uning kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlari o‘z kasbi bo‘yicha yetuk professor bo‘lish, qiz bola bo‘lishiga qaramasdan dotsent maqomigacha yetishish hamda ota-onasining ishonchini oqlashdan iborat.
“Hamma sizga ishonishini kutmang — avval o‘zingizga ishoning.”
