Normaxmatova Ruxshona Nuriddin Qizi

Normaxmatova Ruxshona Nuriddin Qizi
Normaxmatova Ruxshona Nuriddin Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Normaxmatova Ruxshona Nuriddin qizi 21.06.2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashaydi hamda Toshkent shahrida 1-kursda filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olmoqda.

U faoliyatini 7-sentabr 2026-yildan boshlab boshlagan. Ruxshona shahmat bo‘yicha mukofotlarga va fanlar bo‘yicha sertifikatlarga ega. Bo‘sh vaqtida shahmat o‘ynaydi, she’r yozadi hamda fantastik kitoblar o‘qiydi. U insonlar bilan tez chiqishib keta oladi va ayrim narsalarda boshqalardan farq qiladigan qobiliyatga ega.

Uning hayotiy shiori: «Hech qachon “hech qachon” dema». Ruxshonaning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z bo‘yniga ola bilish. U har kim o‘ziga foydali tomonni boshqalardan o‘rnak oladi, deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi maqsadi butun dunyoni kezish hamda turli xalqlarning madaniyati va tili qanday ekanini o‘rganishdir.

“Orzulardan ko‘ra maqsadlarni ko‘proq qo‘ying — shunda marraga yetish yo‘lingiz shiddat bilan kechadi.”

“Yutuqlarga erishar ekansiz, ularning ortida ota-ona duosi borligini unutmang.”

Hoziroq ariza qoldirish