Normuminov Abdulaziz Dilshod oʻgʻli

Normuminov Abdulaziz Dilshod oʻgʻli
Normuminov Abdulaziz Dilshod oʻgʻli
11 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Normuminov Abdulaziz Dilshod o‘g‘li 2009-yil 18-mayda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U Navoiy viloyati Xatirchi tumani MMTBga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

Abdulaziz faoliyatini 2022-yilda “Kamalak” bolalar tashkilotida bosh sardor sifatida boshlagan. 2023-yildan “Tozalik Posbonlari” ekologik yoshlar tashkilotiga asos solib, uning faoliyatini rivojlantirib kelmoqda. Jamoani 8 kishidan 30+ faol a’zogacha kengaytirgan. 2024-yildan O‘zbekiston Bolalar Tashkilotining Xatirchi tumanidagi bosh sardori sifatida yoshlar bilan ishlash, intellektual, sport va ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hamda jamoalarni boshqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Xatirchi tumani “Ustoz AI” loyihasining bosh koordinatori sifatida faoliyat yuritadi.

U liderlik, ekologiya, tadbirkorlik, moliya va texnologiya yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. “Tozalik Posbonlari” ekologik tashkilotida ekologik loyihalarni amalga oshiradi, biznes va moliyaga bo‘lgan qiziqishini amaliy faoliyat orqali rivojlantiradi. Dasturlash hamda sun’iy intellektni mustaqil o‘rganib, FitoTahlil AI loyihasini ishlab chiqqan. 2026-yilda tadbirkorlik va moliya yo‘nalishidagi Financopedia Summer Camp’da qatnashgan.

U respublika miqyosidagi “Ekologik qonunlarni bilasizmi?” tanlovining tuman bosqichida 12 kishilik jamoa sardori sifatida 2-o‘rinni egallagan. National AI Hackathon: Navoiyda ishtirok etib, Certificate of Appreciation bilan taqdirlangan. “Vatan Tayanchi” yo‘nalishidagi faoliyati uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Xatirchi tumani nomidan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan respublika bosqichidagi “Yosh muhandis” innovatsion tanlovida qatnashgan. U ekologik mavzudagi “Tabiatni asraylik — kelajakni birgalikda bunyod etaylik” videosini yaratib, “Best Social Video” tanlovida ham ishtirok etgan.

Abdulazizning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar — ota-onasi. Ularning bilim olish, izlanish, mustaqil fikrlash va boshlangan ishni oxirigacha yetkazishga undovi uning ta’lim, liderlik, ekologiya, texnologiya va xalqaro biznesga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

U bo‘sh vaqtida ingliz va turk tillarini o‘rganadi, xalqaro biznes, iqtisodiyot va moliya sohalariga oid bilimlarini kengaytiradi. Xorijiy universitetlar va ta’lim dasturlarini o‘rganib, 100 foizlik grant va stipendiyalarga hujjat topshirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi. Shuningdek, ekologik va yoshlar loyihalari, tadbirlarni tashkil etish hamda kreativ kontent yaratish bilan shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U liderlikni buyruq berish emas, balki odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, muammoli vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va boshlangan ishni oxirigacha yetkazish deb biladi.

Kelajakda Abdulaziz maktabni yuqori natijalar bilan tamomlab, xorijiy universitetlardan birida xalqaro biznes va moliya yo‘nalishida 100 foizlik grant asosida ta’lim olishni maqsad qilgan. U olgan bilim va tajribalarini xalqaro miqyosdagi loyihalarda qo‘llab, tadbirkorlik, texnologiya va liderlik sohalarida o‘z loyihalarini rivojlantirishni istaydi. Uning eng katta orzusi oilasi, ustozlari va tug‘ilib o‘sgan hududiga foydasi tegadigan, jamiyatga real qiymat yarata oladigan inson bo‘lishdir.

Hoziroq ariza qoldirish