Normurodova Ra'no Akmal Qizi

Normurodova Ra'no Akmal Qizi
Normurodova Ra'no Akmal Qizi
15 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Normurodova Ra'no Akmal qizi 26.05.2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashaydi.

U 212-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida, Jahon iqtisodiyoti va menejment fakultetida tahsil olmoqda.

Ra’noning hayotiga otasi katta ta’sir ko‘rsatgan: otasi uni har doim qo‘llab-quvvatlaydi va hayoti uchun foydali maslahatlar beradi. Uning hayotiy prinsipi — «Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lish».

Bo‘sh vaqtida mutolaa qiladi, toza havoda yolg‘iz sayr qiladi va tennis o‘ynaydi. U lider bo‘lish uchun adolatlilik va muloqot qobiliyatini eng muhim fazilatlar deb biladi.

Kelajakda o‘z kasbining ustasi bo‘lishni, xalqaro va buyuk kompaniyalarda iqtisodchi bo‘lib faoliyat yuritishni maqsad qilgan. Uning fikricha, odamlar undan sabrli bo‘lishni, o‘ziga ishonishni va maqsad sari harakat qilishni o‘rganishlari mumkin. Qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslik, xatolardan xulosa chiqarish va har kuni o‘z ustida ishlash u uchun muhim. Shuningdek, u bilim va tajribani boshqalar bilan bo‘lishish orqali bir-birini rivojlantirish mumkin, deb hisoblaydi.

Ra’no yangi bilim va tajribaga doimo ochiq. Biror narsaga qiziqib qolsa, uni shunchaki bilish bilan cheklanmay, imkon qadar chuqur o‘rganishga harakat qiladi. U uchun eng qiziq jihat — o‘zini doim rivojlantirib, kechagi o‘zidan yaxshiroq bo‘lish.

«Yoshlik — imkoniyatlar davri. Bugungi harakatimiz — ertangi hayotimizni yaratadi.»

Hoziroq ariza qoldirish