Norqobilova Shaxrizoda Nurali Qizi
Norqobilova Shaxrizoda Nurali qizi 2008-yil 25-iyun kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiladi. U umumta’lim maktabida tahsil olgan va maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, diplomatiya sohasida xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olmoqda.
U faoliyatini maktab davridan turli tadbirlar, loyihalar va jamoaviy faoliyatlarda ishtirok etish orqali boshlagan. Maktabda sinf sardori bo‘lgan, shuningdek, yengil atletika, voleybol va gandbol jamoalari a’zosi sifatida faol qatnashgan. Hozirda JIDU talabasi sifatida universitetdagi tashabbuslar, tadbirlar va talabalar loyihalarida faol ishtirok etib, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Shaxrizoda tarix fanidan tuman olimpiadasida 1 marta I o‘rin va 1 marta III o‘rinni egallagan. U tarix fanidan A+ darajadagi sertifikat, ingliz tilidan IELTS 6.0 natijasi va ona tili fanidan B+ darajadagi sertifikatga ega. Kitobxonlik tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan. 2025-yilda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mavzusidagi insho tanlovining tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan. Universitetdagi ilk loyihasi — Initial Growth loyihasida ishtirok etib, Participation Certificate bilan taqdirlangan.
Uning hayotida ota-onasi, akasi va ustozlarining o‘rni katta. Ularning doimiy qo‘llab-quvvatlashi, duosi va motivatsiyasi Shaxrizodaning shu yergacha yetib kelishida muhim ahamiyat kasb etgan. Uning shiori — «Per aspera ad Astra». U time-management va discipline o‘ylangan niyatlarga yetishning eng samarali yo‘li, deb hisoblaydi. Shuningdek, biror ishni boshlashdan oldin konsentratsiyani jamlab, unga ixlos bilan kirishish samarali natija berishiga ishonadi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, kino ko‘rish, musiqa tinglash va kuylash, toza havoda sayr qilish, kechalari yulduzlar va oyga termulishni yoqtiradi. Kasbi borasidagi videolarni ham muntazam tomosha qiladi. U liderlik uchun mas’uliyat, tashabbuskorlik, empatiya, qat’iyat va muloqot qobiliyatini muhim fazilatlar deb biladi. Boshqalar undan communication skills, qat’iyat, mas’uliyat, ekstrovertlik va odamlarni ruhlantirish qobiliyatini o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda u chet elda 2 yil exchange qilishni, magistraturada ham chet eldagi nufuzli universitetda o‘qishni, IELTS natijasini 9.0 ballga ko‘tarishni va eng kamida 5 ta tilda so‘zlashishni o‘rganishni maqsad qilgan. U elchi bo‘lish, Oliy Majlis Senati raisi bo‘lish, ota-onasining barcha orzularini amalga oshirish, jamiyat ishlarida faol ishtirok etib vataniga xizmat qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish va baxtli hayot kechirishni xohlaydi. Shuningdek, insonlarning qalbiga taskin berishni, ularning hayotiga turfa ranglar kiritishni, ularni qadrlashni, kechirimli bo‘lishni, hayotning asl ma’nosini his qilishni hamda ko‘p sayohat qilib dunyoqarashini kengaytirishni istaydi.
«Bilim olishdan va o‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang, chunki har bir kichik qadam katta natijalarga olib boradi. O‘z imkoniyatlaringizga ishoning, qiyinchiliklardan qo‘rqmang va har bir yangi imkoniyatdan rivojlanish uchun foydalaning. Mehnat va harakat qilsangiz, Alloh albatta orzularini ro‘yobga chiqaradigan Dhoni ham aslo unutmang, u siz uchun ochish imkonsiz tuyulgan eshiklarni ochishi mumkin. Bundan tashqari, doimo insonlarga mehr ulashing, seeing, seviling va hech kimdan ikki og‘iz shirin so‘zingizni ayamang. Hayot qisqa va undagi vaqtni mazmunli ishlarga sarflang, siz uchun foydasi tegmaydigan insonlarning gaplariga quloq solmang.
Baxtni uzoqdan emas, balki o‘zingizdan izlang. Siz eng zo‘ri bo‘lasiz...!»
