Nortojiyeva Dilafruz Berdiyor Qizi
Nortojeva Dilafruz Berdiyor qizi 2009-yil 09-fevralda Toshkent shahri Olmazor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashaydi. U Toshkent shahridagi 224-maktabda tahsil olgan hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabasi hisoblanadi.
U faoliyatini 2026-yildan boshlagan. Ingliz tili bo‘yicha B2, ona tili bo‘yicha B, matematika bo‘yicha C va tarix bo‘yicha C darajalariga ega. Ota-onasi yoshligidan unga ishonch bildirib, har bir yutug‘i bilan faxrlanib kelgan. Ularning ishonchi uning uchun juda katta motivatsiya bo‘lgan.
Dilafruzning hayotiy prinsipi: “O‘zimga sodiq qolaman, doimo rivojlanaman va qilayotgan har bir ishimda munosiblik hamda professionallikni saqlayman”. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va rasm chizish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga ishonish, barcha uchun o‘rnak bo‘lish va ravon nutqqa ega bo‘lish muhim. Boshqalar undan sabrlilikni o‘rganishlari mumkinligini bildiradi.
Kelajakda chet elda o‘qish va eng yaxshi advokatlardan biri bo‘lishni maqsad qilgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roliklarida ishtirok etib turadi.
“Ishonch mustahkam bo‘lsa, to‘siqlar ortda qoladi. Bilim ko‘paygani sari ufqlar kengayadi.”
