Nuriddinova Dilbar Samadullayevna
Nuriddinova Dilbar Samadulla qizi 2008-yil 11-oktabrda tug‘ilgan. U Samarqand viloyatida yashaydi. Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 45-sonli maktabda 2015–2026-yillarda a’lo baholarga o‘qigan. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, oltin medal hamda a’lo darajali shahodatnomaga sazovor bo‘lgan.
U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Fizika fakultetida tahsil oladi. Faoliyatini 2022-yilda o‘quv markazida repetitorlikdan boshlagan. Keyinchalik ushbu sohada tajriba orttirib, bilimlarini oshirgan.
Dilbar fizika fanidan milliy sertifikatning C+ darajasiga ega. Shuningdek, fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadalarda faxrli 1- va 2-o‘rinlarni egallagan.
Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan inson — onasi. Onasi unga har qanday qiyinchilikda taslim bo‘lmaslikni va o‘z maqsadi sari harakat qilishni o‘rgatgan. 2022-yil 1-avgustda ustozlari Ziyadullayev Elbek va Jo‘raqulov unga ko‘maklashgan hamda bugungi darajaga yetib kelishiga sababchi bo‘lgan.
Bilim va nazokat — uning eng kuchli quroli. U har bir erishgan muvaffaqiyati bilan yaqinlari va yurtiga munosib xizmat qilishni maqsad qilgan. Bo‘sh vaqtlarida badiiy kitoblar mutolaa qiladi, she’rlar yod oladi hamda ularni ifodali aytish — deklamatsiya bilan shug‘ullanadi.
U kelajakda fizika yo‘nalishida chuqur ilmiy-tadqiqotlar olib borib, o‘z sohasining yetuk olimasi bo‘lishni hamda ushbu fanning rivojiga va yoshlar ta’limiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilatlar — mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish, jamoani yagona maqsad sari ilhomlantirish va har qanday vaziyatda adolatli qaror qabul qila olishdir.
Har doim o‘z maqsadingiz sari intiling va bilimingizni oshirishdan hech qachon to‘xtamang. Qiyinchiliklar sizni sindirmasin, aksincha, yanada kuchliroq bo‘lishingizga imkoniyat beradi.
