Nuriddinova Yasmina Jamoliddin Qizi

Nuriddinova Yasmina Jamoliddin Qizi
Nuriddinova Yasmina Jamoliddin Qizi
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Nuriddinova Yasmina Jamoliddin qizi 2008-yil 12-sentabrda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Bodomzor mahallasida yashaydi. Yasmina UzJOKUning xalqaro munosabatlar yo‘nalishida 1-kursda tahsil oladi va bo‘lajak diplomatdir. U turk, koreys va ingliz tillarini mukammal biladi.

U faoliyatini 13–14 yoshlaridan boshlaganini bildiradi. Yasmina 4 ta sertifikatga ega ekanini qayd etgan: IELTS, TOPIK, koreys tili, tarix va ona tili. Shuningdek, u basketbol jamoasi bilan viloyat bosqichiga chiqqan. Saida Mirziyoyeva uning hayotiga ta’sir qilgan shaxs hisoblanadi.

Yasmina bo‘sh vaqtida diplomatik aloqalar bilan shug‘ullanishini aytadi. Uning fikricha, lider uchun hurmat qilish, hammaning fikrini inobatga olish va tinglashni bilish muhim. Uning kelajakdagi maqsadi o‘ziga xos diplomat, ya’ni elchi bo‘lishdir. U Koreyadagi universitetga o‘qishga kirgan, biroq vizasi chiqmagani sababli keta olmagan.

Uning hayotiy shiori: “Just keep going”. Boshqa yoshlar uchun esa quyidagi fikrni bildiradi: “Hech kim kelib hayotingni o‘zgartirib bermaydi. O‘z kelajagingni o‘zing yarat.”

Hoziroq ariza qoldirish