Ochilov Abdulaziz Zokirjon O'g'li

Ochilov Abdulaziz Zokirjon O'g'li
Ochilov Abdulaziz Zokirjon O'g'li
21 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Ochilov Abdulaziz Zokirjon o‘g‘li — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi. U hozirda O‘zJOKUda jurnalistika yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 2025-yil 7-avgustda Navoiy MTRKda muxbirlikdan boshlagan. 2026-yil iyul oyiga qadar Navoiy viloyati teleradiokanalida muxbir va teleboshlovchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida 2 oy amaliyot o‘tagan.

U Turon maktab teatr tanlovida jamoasi bilan tumanda 1-o‘rinni olgan. Navoiydagi mediahaftalikda qatnashib sertifikat olgan. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro ekologiya qurultoyida ishtirok etib, xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan. Maktab davrida kimyo fanidan tumanda 3-o‘rinni olgan. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Navoiy viloyati bosh boshqarmasi tashkil qilgan hashar tadbirida qatnashib sertifikat olgan. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining volontyorlar uchun o‘tkazgan ochiq eshiklar kunida boshqarma boshlig‘i tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan. U maktab davrida boshqa ko‘plab yutuqlarga ham erishganini bildirgan.

Uning hayotiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Ularning ikkalasi ham oliy ta’limda o‘qimagan. Nomzodning aytishicha, uning urug‘ida yaqin 4–5 avlod davomida oliy ta’limda o‘qiganlar bo‘lmagan. Ota-onasining “Seni va ukalaringni qanday bo‘lmasin o‘qitamiz”, degan so‘zlari unga motivatsiya bergan. U ota-onasi uning uchun o‘z orzularidan voz kechayotganini his qilib, yaxshi o‘qishga, tanlovlarda qatnashishga va ular kutganidan ham yaxshi farzand bo‘lishga intilgan. Oilasida uning fikrlari tinglangani uchun u o‘z fikrlarini erkin ayta olishni oilasidan o‘rganganini, bu esa yaxshi jurnalist bo‘lishiga sababchi bo‘lganini ta’kidlaydi.

Ota-onasi uning jurnalist bo‘lishiga ruxsat bermagani sababli u 2,5 yil kimyo va biologiya fanlarini o‘qigan. Keyinchalik, 2025-yil 6-yanvarda otasiga jurnalistikaga qiziqishini tushuntirgan va shu kundan yo‘nalishini o‘zgartirgan. Navoiy MTRKdagi ustozi professional teleboshlovchi Ruxsora Boboqulova bo‘lgan.

U doim o‘zligiga sodiq ekanini aytadi, suhbatdoshining odob-axloqi va hazillariga e’tibor beradi. Uning hayotiy shiori: “Bu davrlar o‘tib, mening davrim boshlanadi!” Bo‘sh vaqtida musiqa tinglashni, raqs tushishni, yaxshi ko‘rgan insonlari bilan uzoq suhbatlashishni va sayrga borishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider uchun o‘ziga ishonch, mas’uliyat, unga ishonuvchi va qo‘llovchi insonlarga hurmat, va’daga vafo hamda xushmuomalalik muhim.

U kelajakda O‘zbekiston Respublikasi jurnalistlari silsilasida yaxshi nom bilan tarixda qoladigan inson, yaxshi teleboshlovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatida faoliyat yurituvchi jurnalist bo‘lishni maqsad qilgan. Bu niyatini ota-onasi va buvisi Saodat onaga bergan va’dasi bilan bog‘laydi. Dastlab jurnalist bo‘lishiga qarshilik qilingan bo‘lsa-da, u Jahongir Olimovdek Prezident Poolida ishlaydigan jurnalist bo‘lishini aytgan. U boshqalar undan jurnalistika sohasiga oid bilimlarni, har bir voqeadan yaxshilik izlay olishni, sadoqatni, haqiqiy sevgi va ishonchni hamda go‘zal tabassumni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

U qancha yesa ham semirmasligini qiziqarli jihati sifatida qayd etadi.

Hoziroq ariza qoldirish