Ochilova Gulira'no Oybek Qizi

Ochilova Gulira'no Oybek Qizi
Ochilova Gulira'no Oybek Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ochilova Gulira’no Oybek qizi 2008-yil 08-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. Bakalavriatning 1-kursida tahsil olayotgan Gulira’no filologiya yo‘nalishida o‘qiydi hamda bolalarga dars beradi.

U faoliyatini 14 yoshida uyda bolalarga dars berishdan boshlagan va 20+ o‘quvchiga ega bo‘lgan. Ko‘plab o‘quvchilar orttirgan, ko‘plab yoshlarga ingliz tilidan yordam bergan hamda B2 sertifikatiga ega.

Gulira’noning hayotida eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs — marhuma buvisi. Buvisi uning ta’lim olishi uchun katta sharoit yaratib bergan va o‘qishi uchun sarmoya kiritgan. Uni ilhomlantiradigan shaxs esa dadasi bo‘lib, u jurnalist hamda bir nechta kitoblar muallifi bo‘lgan. Gulira’no hozirgi kunda dadasidan ancha saboq olib kelmoqda.

Bo‘sh vaqtida u yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi, ba’zida kitob yoki she’r yozadi va asosan yangi narsalarni izlaydi. U dars berishda, maqola yozishda hamda turistlar bilan suhbatda ancha faol. O‘zini juda intiluvchan, talabchan va qiziquvchan shaxs deb biladi; hayoti davomida ko‘p narsalarni o‘rgangan va izlangan. Shuningdek, u o‘zi uchun lider ekanini ta’kidlaydi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun aql va idrok muhim. Agar insonning o‘zida qobiliyat bo‘lsa, uni hech kim va hech narsa to‘xtata olmaydi. U liderlar tug‘ilmaydi, balki hayoti davomida shakllanadi, deb hisoblaydi.

Kelajakda Gulira’no o‘z bizneslarini yanada rivojlantirishni, yosh avlodga bor bilimini berib, ularni nufuzli yetakchi insonlar etib tarbiyalashni hamda o‘zi uchun shaxsiy kurs ochishni maqsad qilgan.

“Yoʻling qiyin boʻlsa, demak oʻsayapsan!”

Hoziroq ariza qoldirish