Ochilxonova Zarina
Ochilxonova Zarina Shod qizi 2008-yil 4-avgustda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashaydi. Uning ta’lim darajasi o‘rta maxsus bo‘lib, 4-maktabda o‘qigan. Hozirda u O‘zbekiston Jahon Tillari universitetining 1-kurs talabasi.
Zarina faoliyatini 14 yoshidan boshlagan. Uning yutuqlari qatorida chet tili sertifikatlari va milliy sertifikatlar bor. Hozirda u 3 ta sertifikatga ega: ingliz tilidan B2, ona tilidan B va tarixdan C.
Uning o‘qishiga ota-onasi va ustozi undagan. Shuningdek, opasi va ukasining motivatsiyasi unga ta’sir ko‘rsatgan. Zarina bo‘sh vaqtida podkast tinglaydi, uning eng sevimli mashg‘uloti esa moto haydashdir.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun kirishuvchanlik, insonlar bilan muloqot qila bilish, xushmuomalalik va ilmli bo‘lish muhim. Kelajakda u kuchli mutaxassis bo‘lishni hamda biznes ledi va tarjimon sohalarini birgalikda olib borishni rejalashtiradi. U boshqalar undan irodali bo‘lishni va barcha qiyinchiliklarni yengishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Uning hayotiy shiori: “Harakat orzularga yetaklaydi, qattiq harakat uni amalga oshiradi!”
“Bugungi kichik harakating — ertangi katta natijangning boshlanishi.”
