O'ktamova Manzura Shodiyorovna

O'ktamova Manzura Shodiyorovna
O'ktamova Manzura Shodiyorovna
24 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

O'ktamova Manzura Shodiyorovna Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashaydi. U QarDu talabasi bo'lib, Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishida tahsil oladi. U maqolalar muallifi hamda IT loyihalari ishtirokchisidir.

U o'z faoliyatini universitetga kirgandan so'ng boshlagan. Asosan tillar o'rganish, maqolalar yozish hamda jurnal va gazetalar uchun ijodiy ishlar taqdim etish bilan shug'ullana boshlagan. Bo'sh vaqtida loyihalar va ilmiy ishlar bilan shug'ullanadi, ko'proq hikoyalar yozishga e'tibor qaratadi.

Manzura o'zbek tiliga, adabiyotga va yangi bilimlarni o'rganishga qiziqadi. Uning hayotiy prinsipiga ko'ra, barcha shoirlarning ijodi biz uchun oltin meros va ilhom beruvchi manbadir. Uning fikricha, lider bo'lish uchun kreativlik va ilg'orlik muhim.

Uning orzu va maqsadlari oliy ma'lumotli tilshunos bo'lish, aynan ushbu sohada loyihalar va ilmiy ishlar olib borish hamda yangi-yangi kitoblar muallifi bo'lishdan iborat. Kelajakda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib, ona tilini rivojlantirish va yosh avlodga sifatli ta'lim berishga o'z hissasini qo'shishni maqsad qilgan. U boshqalarga orzu va maqsadlarni katta qilib oldinga qo'yish hamda hech narsaga qaramasdan o'z kelajagi uchun hozirdan harakat qilish namunasini bera oladi.

Hoziroq ariza qoldirish