Olimboyeva Sevara Hamza Qizi

Olimboyeva Sevara Hamza Qizi
Olimboyeva Sevara Hamza Qizi
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Olimboyeva Sevara Hamza qizi 2006-yil 28-fevralda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi. Sevara O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida xorijiy til va adabiyot: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini 2026-yilda talaba bo‘lganidan boshlab boshlagan. Ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni, ona tilidan A darajadagi hamda tarix fanidan C+ darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Uning hayotiga ota-onasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Ular unga har doim ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlaydi va bu unga yanada olg‘a harakat qilish uchun kuch beradi. Uning hayotiy shiori: “Hech qachon taslim bo‘lma — har bir qiyinchilik ortida imkoniyat bor.”

Sevara bo‘sh vaqtida ko‘pincha turli xil janrdagi kitoblarni mutolaa qiladi. Kitob o‘qish orqali dunyoqarashini kengaytirishga va yangi bilimlar olishga harakat qiladi. Shuningdek, kitob o‘qish va rasm chizish orqali ichki dunyosini boyitadi. U o‘zini doim rivojlanishga intiladigan va oddiylikni qadrlaydigan inson deb biladi, har bir kunini bekorga o‘tkazmaslikka harakat qiladi. Qiyinchilikni to‘siq emas, balki o‘sish uchun imkoniyat deb biladi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng kerakli fazilatlar mas’uliyat va halollikdir. Chunki haqiqiy lider nafaqat o‘zi, balki jamoasi uchun ham javobgarlikni his qiladi. U boshqalarga sabrli bo‘lish, kam gapirib, ko‘proq ish qilish va doim o‘z ustida ishlash namunasini bera oladi. Maqsad sari intilish hamda qiyinchiliklarga qaramay harakat qilishni muhim deb biladi.

Sevara kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishni va o‘z sohasida muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan. Hozirda bilimlarini oshirib, o‘z ustida ishlamoqda. U bir qancha tillarni o‘rganish va davlat korporativ tadbirlarida qatnashishni rejalashtirgan. Uning orzusi ota-onasini rozi qilish, jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish va katta yutuqlarga erishishdir.

“Hech qachon taslim bo‘lmang, har bir qiyinchilik sizni kuchliroq qiladi. Maqsadlaringiz aniq bo‘lsin va ularga erishish uchun tinimsiz mehnat qiling.”

Hoziroq ariza qoldirish