Olimova Nargiza Rustamovna

Olimova Nargiza Rustamovna
Olimova Nargiza Rustamovna
15 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Olimova Nargiza Rustamovna 2008-yil 13-dekabrda Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Gulshanobod mahallasidagi O‘rtarabot ko‘chasi, 14-uyda tug‘ilgan. U hozirda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida yashaydi. U o‘rta ma’lumotli bo‘lib, hozirgi vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi.

Nargiza faoliyatini ingliz tilini o‘rganishdan boshlagan. Keyinchalik bu sohaga bo‘lgan qiziqishi ortib, o‘z bilimlarini boshqalarga ulashishga va ta’lim sohasida tajriba orttirishga harakat qilgan. U IELTSdan 6.5 darajaga ega, shuningdek, ona tili va matematika fanlaridan sertifikatlarga ega.

Uning hayotida ota-onasi va o‘qituvchilarining o‘rni beqiyos. Nargizaning hayotiy prinsipi: «Imkonsiz narsa hali urinib ko‘rmagan ishingdir, hayotda olg‘a borishdan to‘xtama!» U bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, jahon kinolarini ko‘radi, ba’zida esa tinchlikda musiqa tinglaydi.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilatlar mas’uliyatni his qila olish, qiyin vaziyatda jamoadoshlariga yelkadosh bo‘lish va kirishimli bo‘lishdir. Nargiza boshqalar uning har kimga hurmat va izzat bilan munosabatda bo‘lishi, g‘ayratliligi va kommunikativligidan o‘rnak olishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi asosiy maqsadlari PhD darajasigacha tahsil olish, dunyo bo‘ylab sayohat qilish hamda xalqi va oilasiga manfaati tegadigan farzand bo‘lishdan iborat. U yoshlik paytlaridan she’riyatga qiziqqan va 3-sinf davrida «Buxoroyi Sharif» gazetasida bir qancha she’rlarini nashr ettirgan.

«Har doim o‘z maqsadlaringizga ishoning va ularga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qiling. Xatolardan qo‘rqmang, chunki har bir xato sizni tajribali va kuchli inson bo‘lishga o‘rgatadi.»

Hoziroq ariza qoldirish