Olimova Odinaxon Maʼrufjon qizi

Olimova Odinaxon Maʼrufjon qizi
Olimova Odinaxon Maʼrufjon qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Olimova Odinaxon Maʼrufjon qizi 10.06.2005 kuni Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. U Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani, Elatan MFY, Anhor boʻyi koʻchasida yashaydi.

U Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. Hozirda Namangan davlat pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich grant talabasi. U 2023-yildan boshlab NamDPIning Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi grant talabasi boʻlgan.

Odinaxon Olimova «Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovining tuman bosqichi gʻolibi. U eski yozuvni oʻrgatuvchi va tarjima qiluvchi bot muallifi, «Ilhom» mukofotining institut bosqichida 2-oʻrinni egallagan hamda ko‘plab institut ichki tanlovlari gʻolibasidir.

U ko‘plab badiiy asarlar o‘qigani sababli ulardan ko‘p ham ta’sirlanmasligini aytadi. Har doim o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, uni bajara olishiga ishonadi va harakat qiladi. Uning uchun yagona namuna bo‘luvchi zot — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Uning hayotiy shiori: «Har qanday sharoitda o‘zingga ishon va harakatdan aslo to‘xtama». Lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat deb mas’uliyatni hisoblaydi.

Bo‘sh vaqtida u til o‘rganadi, turli yo‘nalishdagi kitoblarni o‘qiydi, do‘stlaridan xabar oladi, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob izlaydi va doimiy rivojlanishni istaydi. U musiqaga juda qiziqadi hamda ba’zi tadbirlar va kichik uchrashuvlarda qo‘shiq kuylaydi. Bu unga yaxshi kayfiyat va energiya beradi.

U Navoiy stipendiyasi sohibasi bo‘lishni, o‘z yo‘nalishida magistratura va doktoranturada o‘qishni, shuningdek, turli davlatlarga borib ta’lim sohasidagi ishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni rejalashtiradi. Uning maqsadlari ko‘p, biroq barchasini oshkora qilishni istamaydi. U boshqalarga doim o‘qib-o‘rganish va yangiliklarga qiziqish namunasini bera oladi.

Hoziroq ariza qoldirish