O’lmasova Komilaxon Mo’minjon qizi

O’lmasova Komilaxon Mo’minjon qizi
O’lmasova Komilaxon Mo’minjon qizi
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

O‘lmasova Komilaxon Mo‘minjon qizi 17.12.2004-yilda Andijon viloyati, Andijon tumani, Xrabek qishlog‘i, Guliston MFY, Yangilanish ko‘chasi, 14-uyda tug‘ilgan. U Andijon viloyati, Andijon tumani 53-IDUM o‘quvchisi bo‘lgan. Hozirda TDAU magistranti, shuningdek, TDUA talabasi. Professional ta’limning o‘rmonchilik yo‘nalishida tahsil oladi.

Komilaxon hozirda TDAU Matbuot va PR markazida ish yurituvchi bo‘lib faoliyat yuritadi. U 2022-yilda talaba bo‘lgan. 2023-yilda kompyuter savodxonligini o‘rgangan va shu yilning bahor oylaridan faoliyat boshlagan. Shuningdek, muxbirlik bilan ham shug‘ullangan.

U arab tilidan B1 darajasiga ega. Rus va ingliz tillarini lug‘at asosida biladi. Ko‘plab maqolalar muallifi bo‘lib, hozirda loyiha ustida ishlamoqda. Universitetning turli tanlovlarida qatnashgan hamda kumush medal sohibasi.

Uning o‘qishga qiziqishi va intilishiga TDUA matbuot kotibi, Qibray tumani deputati Z. Sodiqova sababchi bo‘lgan. Komilaxon uni ham ustozidek, ham onasidek ko‘radi.

Uning hayotiy prinsipi: «Ma’lumotingiz qanday bo‘lishi muhim emas. Muhimi, tarbiyangiz oliy bo‘lsin». Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi hamda video bilan shug‘ullanadi. Kelajakda ilm yo‘lini davom ettirishni va barcha qizlarning orzusi bo‘lgan Zulfiya mukofotini olishni maqsad qilgan.

Komilaxon boshqalarga kompyuterdan foydalanishni o‘rgatishi mumkinligini, odamlarni tez qiziqtira olishini hamda tarbiyasi bilan o‘rnak bo‘lishini ta’kidlaydi. U voleybolga qiziqadi, hamma bilan tez kirishadi, yangi narsalarni oson qabul qila oladi hamda Qur’on o‘qishni biladi.

Hoziroq ariza qoldirish