Oltinboyeva Sevinch Bahodirovna
Oltinboyeva Sevinch Bahodirovna 2008-yil 28-sentabrda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan va yashaydi. U 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
Sevinch 10-sinfdan boshlab o‘quv markazida support teacher sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U CEFR B2, tarix fanidan C+ va ona tili fanidan B sertifikatlariga ega. Uning hayotiga ingliz tili ustozisi Bebutova Feruza Urazovnaning erishgan yutuqlari ta’sir qilgan.
U bo‘sh vaqtini kompyuter o‘rganishga sarflaydi, yangi bilimlarni o‘rganishni va o‘z ustida ishlashni yaxshi ko‘radi. Ba’zan buyuk insonlarning hayot yo‘llari va tajribalarini o‘rganishga qiziqadi. U yangi imkoniyatlardan qo‘rqmaydi hamda har bir tajribadan o‘zi uchun foydali xulosa chiqarishga harakat qiladi.
Uning hayotiy prinsipi — ota-onasining mehnatlari va yaqinlarining ishonchi. Uning fikricha, liderlik uchun eng muhim fazilat mas’uliyatdir: haqiqiy lider o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun javob bera olishi, boshqalarni tinglashi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi hamda qiyin vaziyatlarda dadil qaror qabul qilishi kerak.
Kelajakda Sevinch yaxshi ta’lim olib, tanlagan sohasida malakali mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan. U ingliz tilini mukammal o‘rganib, IELTS sertifikatini olishni, bilimlarini doimiy ravishda rivojlantirishni, o‘z kasbi orqali jamiyatga foyda keltirishni, yangi imkoniyatlardan foydalanishni va katta orzulariga erishishni xohlaydi.
