Omonova Aziza Fattoh Qizi

Omonova Aziza Fattoh Qizi
Omonova Aziza Fattoh Qizi
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Aziza Omonova Fattoh qizi 21.11.2008 kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashaydi. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, xalqaro munosabatlar sohasida tahsil oladi.

U chet tillarini o‘rganishni 15 yoshidan boshlagan. 2 yil davomida muntazam tayyorlanib, o‘quv dargohiga qabul qilingan. U tarix fanidan A+ darajadagi sertifikat hamda ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikat sohibasi.

Ingliz tilini o‘rganayotgan vaqtida filologiya sohasida o‘qiydigan qarindoshlaridan biri uning onasiga: «Qizingiz hech narsani bilmaydi, hech narsa qila olmaydi», degan. Bu holat unga juda qattiq ta’sir qilgan va u bor kuchi bilan o‘qishga kirishgan. Shuningdek, u tahsilni tamomlagan maktabdagi bir ayol o‘qituvchidan ko‘p marotaba: «Sen hech qachon JIDUga kira olmaysan, qo‘lingdan keladigan ish qilib, ko‘rpangga qarab oyoq uzat», degan fikrlarni eshitgan. Shunga qaramay, u 189 ball bilan o‘qishga qabul qilingan.

Uning hayotiy shiori: «Ilm yo‘lida o‘tkazilgan har bir bedor tun ertangi kunning porloq bo‘lishini ta’minlaydi. E’tiborni insonlarning gap-so‘zlariga emas, o‘z maqsadlariga qaratish lozim.» Uning fikricha, lider bo‘lish uchun har qanday holatda ham o‘ziga ishonish va qat’iyatlilik muhim. U boshqalar undan nimanidir maqsad qilganda ortga qaytmaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Bo‘sh vaqtida detektiv kitoblar o‘qish, madaniy hordiq chiqarish va sayr qilish bilan shug‘ullanadi. Kelajakda u kamida 6 ta tilda erkin muloqot qila olishni, eng kuchli diplomatlardan biri bo‘lishni, davlat uchun katta foyda keltirishni, dunyo kezishni, doim rivojlanish sari olg‘a borishni hamda O‘rta Osiyo miqyosida xayriya fondlari tashkil etishni maqsad qilgan. U turli sohalarda o‘zini sinab ko‘rishni ham xohlaydi.

Hoziroq ariza qoldirish