Omonova Sarvinoz Shavkatovna
Omonova Sarvinoz Shavkatovna 29.03.2006-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahrida yashaydi. U tugallanmagan oliy ta’lim olmoqda hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning faoliyati 2024-yildan boshlangan. U B2 IELTS sertifikatiga ega, liderlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi va Yoshlar ittifoqi koordinatori hisoblanadi. Uning hayotida ota-onasining hissasi juda katta. Otasi harbiy bo‘lgani uchun imtiyozga ega va 4 yillik grant asosida tahsil oladi.
Sarvinoz yangi tillar va turli madaniyatlarni o‘rganishga juda qiziqadi. Bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganadi, jumladan, fransuz tilini o‘rganmoqda. U ingliz tilini rivojlantirish, ta’limini muvaffaqiyatli yakunlash, ingliz tilini yuqori darajada o‘zlashtirish va xalqaro sertifikat olishni rejalashtiradi. Shuningdek, xorijda magistratura bosqichida o‘qib, yangi bilim va tajribalar orttirishni xohlaydi.
U kelajakda o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarni amalga oshirish va yoshlar uchun namuna bo‘lishni maqsad qilgan. Yangi narsalarni sinab ko‘rish hamda o‘z ustida ishlash unga motivatsiya beradi.
Uning hayotiy prinsipi: “Inson imkoniyatlari tug‘ma chegaralar bilan emas, o‘rganish, tajriba va doimiy rivojlanish bilan kengayadi.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Haqiqiy lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun javob bera olishi, odamlarni tinglashi, ularga ishonch berishi hamda qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi muhim.
U boshqalar undan intizom, doimiy o‘rganish va qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakat qilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. U yangi bilimlarni izlash, o‘z ustida ishlash va imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Uningcha, eng muhimi — boshlangan ishni oxirigacha yetkazish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslikdir.
Har bir yosh o‘z imkoniyatlariga ishonib, bilim olishdan hech qachon to‘xtamasligi kerak.
Bugungi kichik qadamingiz kelajakdagi katta yutuqlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
