Omonova Zahro G'ulom Qizi
Omonova Zahro G'ulom qizi 05.12.2008-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashaydi.
U O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi bo'lib, xalqaro munosabatlar yo'nalishida tahsil olmoqda. U 2026–2027-o'quv yili uchun mazkur universitetning Xalqaro munosabatlar fakulteti kunduzgi ta'lim shakliga kontrakt asosida qabul qilingan.
Zahro Multilevel B2 (63), ona tili bo'yicha milliy sertifikat B+ (64.35) hamda tarix bo'yicha milliy sertifikat A (66) natijalariga ega. Shuningdek, u 2024-yilda “Eng yaxshi xorijiy tillarni o'qitadigan maktab” tanlovining tuman bosqichida 2-o'rinni egallagan.
Kontrakt asosida o'qishga kirganida ota-onasining “Qizim, seni o'qitamiz” degan dalda so'zlari unga muhim ta'sir ko'rsatgan. Uning hayotiy shiori: “Eng katta xato — hech qachon urinib ko'rmaslikdir”.
Bo'sh vaqtida kitob o'qiydi, sport bilan shug'ullanadi, rasm chizadi va til o'rganadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun tashabbuskorlik va mas'uliyat eng muhim fazilatlardir. U yoqtirgan mashg'uloti va ishini oxirigacha olib boradi, qiyinchiliklarda qayta turib harakatni davom ettiradi hamda osonlikcha taslim bo'lmaydi. Unga topshirilgan vazifalarni bajarishda juda qat'iyatli.
Zahro kelajakda xalqqa foydasi tegadigan taniqli diplomat bo'lishni va ota-onasining ishonchini qozonishni maqsad qilgan.
