Ortiqova Nafosat Shuhrat Qizi
Ortiqova Nafosat Shuhrat qizi 09.12.2007-yilda tug‘ilgan. U Toshkent tumanida yashaydi. Toshkent tumanidagi 18-maktabda tahsil olgan hamda filologiya va tillarni o‘qitish, xitoy tili yo‘nalishida o‘qiydi. 2025-yilda u CEFR sertifikati uchun, shuningdek, rus tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun o‘qigan. U CEFR B2 sertifikatini olgan va rus tili hamda adabiyot fanidan milliy sertifikatning C darajasiga ega.
Nafosatning hayotiga ko‘proq ta’sir qilgan voqea boshqa shaharga o‘qishga kirgani bo‘lgan. Bu jarayonda u mustaqil yashashni, ko‘proq do‘stlar orttirishni va mas’uliyatni his qilishni o‘rgangan. Uning hayotiy prinsipi: o‘tmishga qarab hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin keyingi hayotimizni o‘zgartirish o‘z qo‘limizda.
U bo‘sh vaqtida biznes haqidagi va psixologik kitoblarni o‘qishni yoqtiradi. Shuningdek, ijodkorlikni yaxshi ko‘radi, dizaynerlikni, rassomchilikni va tikishni juda yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatdan qochmaslik, xato qilganda boshqalarni ayblamaslik, intizomli bo‘lish, boshqalardan talab qilinadigan narsani avval o‘zi bajarish va ikkilanmasdan qaror qabul qila olish muhim. U kelajakda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashni va chet elda ta’lim olishni rejalashtiradi. Boshqalar undan tartibli bo‘lishni, o‘ziga ishonishni va taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin.
«Xato qilishdan qo‘rqmang, chunki xatolar ham o‘sishning bir qismi. O‘z maqsadingizga ishoning, harakatni to‘xtatmang va o‘zingizga berilgan imkoniyatlardan foydalaning.»
