Orzubek Qo'ldoshev Jonibek O'g'li
Orzubek Qo'ldoshev Jonibek o'g'li 2007-yil 9-sentyabrda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida tug'ilgan va shu tumanda yashaydi. U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning 2-kurs talabasi bo'lib, oliy ta'lim olmoqda.
U kompyuter injiniringi sohasida tahsil oladi, elektron tijorat hamda SMM sohalarida faoliyat yuritadi. U faoliyatini 2025-yil avgust oyida o'qishga kirgan paytida boshlagan. O'sha paytda kompyuter ishlarini 80–90% bilishini qayd etib, bemalol ishlar olgan. Shu orqali sotuv menejerligi va SMM sohalarida ishlashni boshlagan.
Uning hayotiga ota-onasi katta ta'sir ko'rsatgan: ular unga ishonishgan va imkoniyat yaratib berishgan. Uning hayotiy prinsipi — har doim mustaqil va erkin qaror qabul qilish. U insonlardan ko'pincha maslahat olmasligini, ko'proq yangi g'oyalar izlashini hamda erkin fikrlashini ta'kidlaydi. Uning shiori: “Katta natijalar har kuni qilinadigan kichik, lekin davomiy harakatlar yig'indisidir.”
Bo'sh vaqtida u asosan sport bilan shug'ullanadi, futbolga qiziqadi va hafta davomida 2–3 marotaba o'yin tashkil qilib turadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun yoshlar va jamiyatni birlashtira oladigan, ularni yuksak marralarga olib chiqa oladigan hamda tushunadigan inson bo'lish muhimdir.
U IT yo'nalishlarini mukammal o'rganishni, Google va Microsoft kompaniyalari bilan birgalikda ish olib borishni katta maqsadlaridan biri deb biladi. Shuningdek, ota-onasi bergan ishonchni keragidan ortiq qilib oqlashni muhim orzu deb hisoblaydi. Uning fikricha, hayotda o'rganiladigan narsalar juda ko'p, faqat o'rganish va izlanish insonni yetuklikka yetaklaydi.
«Kelajak bugun nima qilayotganingga bog‘liq.»
