Ensiklopediya2 daqiqa

OTABOYEV HUMOYUNBEK OYBEKOVICH

Filologiya talabasi · Videograf · Ingliz tili yo‘nalishi · Volontyor · Maqola muallifi

Humoyunbek Otaboyev Oybekovich 2008-yil 28-iyulda Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi. U O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U 2021-yilda videografiya bilan shug‘ullanishni boshlagan va turli tadbirlarda media jamoasi bilan ishlagan. 2025-yilda Xorazmdagi Pride o‘quv markazida ustozlik faoliyatini boshlagan, keyinroq esa onlayn ta’limga o‘tgan. Bo‘sh vaqtlarida videografiya bilan shug‘ullanadi, audiokitoblar tinglaydi, maqolalar yozadi va kompyuterda ishlaydi.

U Germaniyaning International High Lingua Essay Competition tanlovida dunyo bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, maxsus diplom va GOLD MEDAL bilan taqdirlangan. IELTS umumiy bali 7, Writing bo‘limi bali esa 7.5. Shuningdek, Road Show Urgench 2.0 tadbirida volontyor sifatida qatnashgan. TIHM 2026 — Tashkent International Half Marathon tadbirida volontyor va qatnashchi sifatida ishtirok etib, Special MEDAL hamda sertifikat olgan. U Uzbekistan State World Languages University universitetiga 189, ya’ni maksimal ball bilan kirgan.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs akasidir. Oilada 3 nafar o‘g‘il farzand bo‘lib, ota-onasi oliy ma’lumotga ega emas. Ularni katta qilish mas’uliyati akasining zimmasiga tushgan. Akasining g‘amxo‘rligi Humoyunbekni kelajakda mas’uliyatli va g‘amxo‘r shaxs bo‘lishga undagan. U vaqtini bekorga sarflashni istamaydi.

Uni ilhomlantiradigan jumla: “If you don't walk today, you will run tomorrow.” U bugungi resurslar va imkoniyatlardan hozirning o‘zida maksimal foydalanish zarur, deb hisoblaydi. Uning fikricha, liderlik faqat odamlarni yetaklash bilan cheklanmaydi; lider atrofdagilarga o‘zining yaxshi fazilatlari orqali o‘rnak bo‘la olishi kerak. “Great leaders will show their qualities to lead.”

Kelajakda u yuqori natijalarga erishishni, universitetni qizil diplomlarga bitirishni, kamida PhD darajasini yoqlashni va chet elda ta’lim olishni maqsad qilgan. Shuningdek, o‘zining ta’lim tizimini ishlab chiqib, uni o‘quv markazlariga taqdim etishni rejalashtiradi. U o‘zini qiziquvchan inson deb biladi, turli sohalarda o‘zini sinab ko‘rishni yoqtiradi va duch kelgan muammoni oxirigacha yechmagunicha boshqa ishga o‘tib ketmaydi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

OTABOYEV HUMOYUNBEK OYBEKOVICH

Filologiya talabasi · Videograf · Ingliz tili yo‘nalishi · Volontyor · Maqola muallifi

Hoziroq ariza qoldirish