Otaboyeva Muxlisa Marat qizi
Otaboyeva Muxlisa Marat qizi 20.05.2005-yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan va ayni paytda shu shaharda yashaydi. U 2022–2026-yillarda ShDPIning fizika va astronomiya yo‘nalishi bakalavriatida tahsil olgan. 2026-yildan UrDPIning Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) yo‘nalishida 1-kurs magistranti. Shuningdek, u fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi bo‘lib, faoliyatini 2026-yil 2-sentabrdan boshlagan.
Muxlisa bo‘sh vaqtida IT bilan shug‘ullanadi va fizikadan masalalar yechadi. U odamlar bilan tez kirishib ketadi, qiziquvchan va mas’uliyatli, kompyuter savodxonligi ishqibozidir. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hammaning fikrini birdek eshitish va ularning fikrini inobatga olish. Boshqalar undan o‘zidagi bilimlar, mas’uliyatlilik va kechikmaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
U o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishni hamda PhD va DsC unvonlarini olishni rejalashtiradi. Uning hayotiy shiori: “Bugun o‘qigan har bir sahifang — ertaga sen bilan faxrlanadigan ota-onangning ko‘zidagi quvonchga qo‘shgan hissangdir!”
“Hayotingni shunday yashaki, orzularing armon bo‘lmasin. Har tong — taqdiringni o‘zgartirish uchun imkoniyat!”
