Otaqulova Mushtariybonu Aslidin Qizi

Otaqulova Mushtariybonu Aslidin Qizi
Otaqulova Mushtariybonu Aslidin Qizi
2 oktabr, 20262 daqiqalik o'qish

Otaqulova Mushtariybonu Aslidin qizi 2009-yil 24-aprelda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi.

Mushtariybonu umumiy o‘rta ta’lim olgan. U 2021-yilgacha Xo‘jaobod 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2021-yildan 2026-yilgacha esa 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil olgan. Hozirda u Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» fakulteti 1-kurs talabasi bo‘lib, o‘qishga davlat granti asosida qabul qilingan.

U yoshlik yillaridayoq ona tili faniga alohida mehr qo‘ygan. 2018-yildan tumanda o‘tkaziladigan insholar tanlovlarida qatnashib, aynan shu tanlovlar orqali ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirgan.

U 10-sinfdayoq ona tili fanidan B darajadagi sertifikat sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, viloyat fan olimpiadasida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan va pul mukofotini qo‘lga kiritgan. O‘sha yili ingliz tili fanidan Multilevel (CEFR) imtihonida B2 darajasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Keyingi yil uchun bundan-da yuksak rejalarni belgilagan Mushtariybonu 11-sinfda ona tili fanidan A darajadagi sertifikat sohibasi bo‘lgan hamda tarix fanidan C darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Unga buvisi va onasi turtki bergan. Uning hayotiy shiori: «Men hech kimning yo‘lidan yurmayman — o‘zimnikini yarataman».

Mushtariybonu bo‘sh vaqtlarida rasm chizadi, she’rlarni ifodali o‘qiydi, kitob mutolaa qiladi va musiqa tinglaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar tashabbuskorlik va samimiylikdir.

U kelajakda o‘zini har tomonlama rivojlantirishni, yaxshi ta’lim olishni va o‘z sohasida kuchli mutaxassis bo‘lishni xohlaydi. Universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, ingliz tilini yanada rivojlantirish hamda IELTSdan 7+ natija olish uning asosiy maqsadlaridan biridir. U yaxshi kasb egasi bo‘lib, o‘ziga yoqadigan sohada ishlashni, moliyaviy mustaqillikka erishishni va o‘z mehnati bilan erkin hayot qurishni istaydi. U o‘qituvchilikka qiziqadi, shu bilan birga katta tashkilotlarda va davlat boshqaruvi sohasida ham o‘zini sinab ko‘rishni xohlaydi.

Mushtariybonuning yana bir katta orzusi — chet elda yashash yoki hech bo‘lmaganda u yerda tajriba orttirish, dunyoni ko‘rish va yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishdir. Uning uchun pulning eng katta ma’nosi — erkinlik va o‘z hayotini o‘zi tanlash imkoniyatidir. U kelajakda o‘ziga ishongan, mustaqil, bilimli va kuchli inson bo‘lishni xohlaydi. U tayyor yo‘ldan yurishdan ko‘ra, o‘z yo‘lini yaratishni va hayotini o‘zi xohlagandek qurishni istaydi.

Uning fikricha, boshqalar undan o‘ziga ishonishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni, xatolardan saboq olib doimo oldinga intilishni va o‘z yo‘lini yaratishni o‘rganishlari mumkin. U mukammal bo‘lishga emas, har kuni o‘zining yaxshiroq versiyasi bo‘lishga harakat qiladi. U xayolchan, erkinlikni qadrlaydigan va o‘z yo‘lini izlayotgan inson. U odamlar bilan muloqot qilishni, yangi narsalarni o‘rganishni va o‘zini rivojlantirishni yaxshi ko‘radi. Uning uchun oilasi va o‘tmishi muhim, his-tuyg‘ularini esa ko‘pincha ichida saqlaydi.

«O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang, o‘z yo‘lingizdan boring va orzularingizdan voz kechmang.»

Hoziroq ariza qoldirish