Ovlayev Javohirbek Erkinovich
Ovlayev Javohirbek Erkin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, Ayritom MFYda yashaydi. U Diplomatiyadagi Xalqaro munosabatlar fakultetining 1-kursida tahsil oladi. Uning hayotiga Shavkat Mirziyoyev ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida mutolaa bilan shug‘ullanadi. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat har kim bilan yaxshi munosabatda bo‘la olish, deb hisoblaydi. Boshqalar undan liderlik, kreativlik va intizomni o‘rganishlari mumkin, deb o‘ylaydi. Uning hayotiy prinsipi: «Chempion bo‘lish oson, lekin uni amalda ushlay olish qiyin».
